Cham Wings Airlines
| |||||||
Tashkil topgan | 2007 | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Havo tuguni | Damashq xalqaro aeroporti | ||||||
Qoʻshimcha havo tuguni | Halab xalqaro aeroporti | ||||||
Tez uchish dasturlari | Cham Miles | ||||||
Park hududi | 4 | ||||||
Parvoz yoʻnalishlari | 19 | ||||||
Bosh qarorgohi | Damashq, Suriya | ||||||
Muhim shaxslar | Issam Shammout, Rais | ||||||
Sayti | www.chamwings.com |
Cham Wings Airlines (arabcha: أجنحة الشام للطيران, avvalgi Sham (Shom) Wing Airlines) Suriyaning xususiy aviakompaniyasi boʻlib, bosh ofisi Damashq shahrida joylashgan[1][2]. Kompaniyaning shiori – Fly Beyond The Limits (oʻzbekcha: Cheklovlardan tashqariga uching).
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cham Wings Airlines 2006-yil 9-iyulda Suriyadagi birinchi xususiy aviakompaniya sifatida suriyalik tadbirkor Issam Shammout tomonidan tashkil etilgan. Aviakompaniyaning asosiy markazi Damashq xalqaro aeroporti hisoblanadi. Kompaniya 2007-yil 23-sentyabrda Suriya fuqaro aviatsiyasi maʼmuriyati (SCAA) tomonidan berilgan Samolyot operatorlari sertifikatini (AOC) rasman oldi[3]. Garchi sertifikatni Suriyaning asosiy milliy aviatashuvchisi „Syrian Air“ dan keyin ikkinchi boʻlib olgan boʻlsa-da, bu sertifikat kompaniyaga faqat muntazam boʻlmagan charter reyslarini amalga oshirishga ruxsat bergan.
Kompaniya bitta MD samolyotini ijaraga oldi va 2008-yil 3-martda Damashqdan Bagʻdod xalqaro aeroportiga birinchi parvozini boshladi.
2008-yilda bozorga „Syrian Pearl Airlines“ nomi ostida yangi aviakompaniya kirib keladi. Ushbu aviakompaniya Cham Holding (Rami Maxluf asosiy aksiyadori) (69%), Syrianair (25%), Aqeeq Aviation/Aquila Holding, (Aqeeq va Al Deshtei Quvaytiy) (6%) tomonidan egalik qilinadi[4]. Syrian Air maʼqullamagan yoʻnalishlarda charter reyslarni amalga oshirishda qiynalgan Cham Wingsdan farqli oʻlaroq, Syrian Pearl mamlakatning flagman aviakompaniyasi bilan hamkorlik orqali muntazam reyslarni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻladi[5]. Syrian Pearl oʻz faoliyatini hech qachon boshlamagan boʻlsa-da, Cham Wings faqat charter reyslar orqali foyda koʻra olmadi. 2012-yilda Suriyadagi tartibsizliklar ortidan kompaniya oʻz faoliyatini toʻxtatgan edi.
2014-yilda Cham Wings Airlines muntazam reyslarni amalga oshirishga ruxsat oldi va Suriyadagi ikkinchi milliy aviatashuvchiga aylandi. Keyin u Bayrut, Quvayt, Bagʻdod va Qamishli kabi yoʻnalishlarga xizmat koʻrsatish uchun oʻz faoliyatini qayta boshladi.
2016-yilda Suriya hukumatini qoʻllab-quvvatlagani uchun AQSh sanksiyalariga kiritiladi[6][7].
2018-yilda Cham Wings Germaniyadagi suriyalik qochqinlarni Myunxendan Damashqqa va ortga olib oʻtishini eʼlon qildi, bu esa ularning qochqin maqomini yoʻqotishiga olib kelishi mumkin[8].
2021-yil iyun oyida Ukraina Qrimga parvozlar tufayli aviakompaniyani qora roʻyxatga kiritdi[9][10].
2021-yilda davom etayotgan Belarus-Yevropa Ittifoqi chegara inqirozi tufayli Cham Wings Airlines oddiy sayohatchilar va noqonuniy muhojirlarni ajrata olmasligi vaji bilan 2021-yil noyabr oyida Damashqdan Minskka qisqa muddatda reyslarini toʻxtatdi[11]. 2021-yil dekabrida Yevropa Ittifoqi Cham Wings Airlines aviakompaniyasini muhojirlarni Belarus-Polsha chegarasiga olib oʻtishda va inqirozni yanada kuchaytirganlikda ayblab, sanksiya kiritdi[12]. Shveysariya 20-dekabrda Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga qoʻshildi[13]. Ushbu ayblov natijasida joriy etilgan Yevropa Ittifoqi sanksiyalari 2022-yil 19-iyulda bekor qilindi[14][15].
Egaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cham Wings Airlines 100% suriyalik tadbirkor Issam Shammoutga tegishli. Aviakompaniya tadbirkorning avtomobilsozlik, poʻlat ishlab chiqarish va yuk tashish sohalarida faoliyat yurituvchi Shammout Groups oilaviy biznesi tarkibiga kiradi.
Parvoz manzillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cham Wings quyidagi yoʻnalishlarga parvoz qiladi (2023-yil 1-iyun holatiga koʻra)[16]:
Mamlakat | Shahar | Aeroport | Eslatmalar | Manbalar |
---|---|---|---|---|
Armaniston | Yerevan | Zvartnots xalqaro aeroporti | ||
Bahrayn | Manama | Bahrayn xalqaro aeroporti | ||
Eron | Tehron | Imom Xumayniy xalqaro aeroporti | ||
Iroq | Bagʻdod | Bagʻdod xalqaro aeroporti | ||
Basra | Basra xalqaro aeroporti | |||
Arbil | Arbil xalqaro aeroporti | |||
Najaf | Al Najaf xalqaro aeroporti | |||
Quvayt | Al-Quvayt | Quvayt xalqaro aeroporti | ||
Livan | Bayrut | Bayrut – Rafiq Haririy xalqaro aeroporti | ||
Liviya | Bingʻozi | Benina xalqaro aeroporti | ||
Ummon | Maskat | Maskat xalqaro aeroporti | ||
Pokiston | Karachi | Jinna xalqaro aeroporti | ||
Rossiya | Moskva | Sheremetyevo xalqaro aeroporti | [17] | |
Sudan | Xartum | Xartum xalqaro aeroporti | ||
Suriya | Halab | Halab xalqaro aeroporti | Hab | |
Damashq | Damashq xalqaro aeroporti | Hab | ||
Loziqiya | Basil al-Asad xalqaro aeroporti | |||
Qamishli | Qamishli aeroporti | |||
Birlashgan Arab Amirliklari | Abu-Dabi | Abu-Dabi xalqaro aeroporti | ||
Sharja | Sharja xalqaro aeroporti |
Aviaparki
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cham Wings Airlines aviaparki quyidagi samolyotlardan iborat (2022-yil iyun holatiga koʻra)[18]:
Samolyot | Miqdori | Buyurtmalar | Yoʻlovchilar | Eslatmalar/manbalar | ||
---|---|---|---|---|---|---|
B | E | Jami | ||||
Airbus A320-200 | 3 | — | 156 | 156 | ||
1 | 174 | 174 | ||||
Jami | 4 | — |
Homiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yildan boshlab aviakompaniya Suriya milliy basketbol jamoasining rasmiy homiysiga aylandi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Contact Us“. Cham Wings Airlines — Fly Beyond The Limits. Qaraldi: 2016-yil 22-may.
- ↑ Gregory, Michael. „Exclusive: Informants in Iraq, Syria helped U.S. kill Iran's Soleimani - sources“. Reuters (2020-yil 9-yanvar).
- ↑ „Our Company“. Cham Wings Airlines — Fly Beyond The Limits. Qaraldi: 2016-yil 22-may.
- ↑ „Arab Aviation > Country Briefs > Syria > Syrian Pearl“. www.arabaviation.com. 2016-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-may.
- ↑ „شركة طيران سورية خاصة تواجه منافسة محتدمة“ (ar-AR). صحيفة الوسط البحرينية. Qaraldi: 2016-yil 22-may.
- ↑ „US imposes new sanctions on Cham Wings Airlines“. SANA News Agency. Qaraldi: 2017-yil 3-yanvar.
- ↑ „Treasury Sanctions Additional Individuals and Entities in Response to Continuing Violence in Syria“. Treasury.gov (2016-yil 23-dekabr). 2017-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Einmal München-Damaskus und zurück“ (German).
- ↑ „CHAM WINGS AIRLINES / SHAM WING AIRLINES / AJNEHAT AL SHAM / AL-SHAM WINGS“. National Agency on Corruption Prevention. 2023-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-sentyabr.
- ↑ „Україна повністю забороняє польоти російським авіакомпаніям. Чому і яким саме“ (uk). BBC News Ukrainian (2021-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 1-fevral.
- ↑ spiegel.de – Syrian airline ends flights to Minsk (German) 13 November 2021
- ↑ „EU, UK, US, Canada issue coordinated sanctions against Belarus regime“. Deutsche Welle (2021-yil 2-dekabr). 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Searching for subjects of sanctions“. State Secretariat for Economic Affairs. 2018-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „La UE suspende sanciones contra la aerolínea siria Cham Wings aprobadas en 2021“. El País (2022-yil 19-iyul). Qaraldi: 2022-yil 20-iyul.
- ↑ „EU lifts sanctions on Syrian airline Cham Wings“. Reuters (2022-yil 20-iyul). Qaraldi: 2022-yil 20-iyul.
- ↑ Our Destinations – Cham Wings
- ↑ Liu, Jim. „Cham Wings W18 Damascus – Moscow service changes“. Routesonline (2018-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 12-noyabr.
- ↑ „Cham Wings Airlines Fleet Details and History“ (en). www.planespotters.net. Qaraldi: 2018-yil 3-fevral.